1

Qozog`istonda sodir bo`lgan YTH yuzasidan Bosh Vazir boshchiligida maxsus Hukumat komissiyasi tashkil etildi

Jamiyat 18.01.2018, 19:41
Qozog`istonda sodir bo`lgan YTH yuzasidan Bosh Vazir boshchiligida maxsus Hukumat komissiyasi tashkil etildi

2018 yil 18 yanvar kuni Qozog`iston Respublikasi Aqto`be viloyati Irgiz tumanida avtobusning yonishi sodir bo`ldi, yong`in natijasida 52 fuqaro halok bo`lgan va 5 nafari jabrlangan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yo`lovchilarning ko`pchilik qismini O`zbekiston fuqarolari tashkil etadi, deyiladi O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarnomasida.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig`iga ko`ra Bosh Vazir boshchiligida maxsus Hukumat komissiyasi tashkil etildi. Uning tarkibiga Tashqi ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog`liqni saqlash vazirliklari va boshqa idoralarning vakillari kiritilgan.

Maxsus Hukumat komissiyasiga Qozog`iston vakillari bilan hamkorlikda sodir bo`lgan favqulodda vaziyat sabablarini o`rganish, mamlakat fuqarolari shaxsini aniqlash vazifalari yuklatildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1