Malakatimizning janubdagi darvozasiga aylangan Termiz shahri yildan-yilga qiyofasini tubdan o`zgartirmoqda. Surxondaryo viloyati markazida barpo etilayotgan ta`lim, tibbiyot muassasalari, bolalar sporti inshootlari, shinam, keng ko`p qavatli turar joy binolari shahar ko`rkiga-ko`rk qo`shmoqda. Keng, ravon yo`llar barpo etilib, rang-barang, jilokor tungi yoritgichlar o`rnatilayotir. Jumladan, 2017 yilda voha markazida 35 zamonaviy 4 qavatli hamda beshta 7 qavatli arzonlashtirilgan uylar qurilib, foydalanishga topshirildi. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika va Toshkent davlat agrar universitetlarining filiallari tashkil etildi. Ayni paytda mazkur filiallarda 700 dan ortiq talaba tahsil olmoqda.






– Zamonaviy ta`lim muassasasida o`zim tanlagan soha sirlarini chuqur o`ranayotanimdan xursandman, – deydi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali talabasi A.Mannonov. – Bu erda biz, yoshlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Darslar zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari asosida o`tilmoqda. Ilgarilari bu sohaga qiziqqan yoshlar 700 kilometr yo`l bosib, poytaxtimizda ta`lim olgan bo`lsa, endilikda biz viloyatimiz markazida o`qib, etuk mutaxassis bo`lib o`lg`aymoqdamiz.
Viloyatda yuz berayotgan o`zgarish va yangilanishlar joriy yilda ham izchil davom etmoqda.






