Hindistonning G`arbiy Bengaliya shtatida yashovchi, yovvoyi asal yig`ish bilan shug`ullanuvchi Suk Muhammad Dalala ari zahrini his qilmaydi va og`riq sezmaydi, deb xabar qildi berdi Lenta.ru nashri.
Ijtimoiy tarmoqlarda uning asal yig`ayotgani, tabassum bilan arilarni tutib, maykasining ichiga solayotgani aks etgan videolar paydo bo`ldi. Uning aytishicha, 15 yillik faoliyati davomida ari zahriga nisbatan immunitet paydo bo`lgan. Ari chaqsa, salgina lablari shishar, achchiq va qaynoq choy ichsa, bu shishlar o`z-o`zidan o`tib ketar ekan.






