1

"Malibu" salonidan marixuana topildi

Jinoyat 24.01.2018, 15:37
"Malibu" salonidan marixuana topildi

Poytaxt huquq-tartibot idoralari xodimlari giyohvand moddalar aylanmasi bilan bog`liq jinoyatni fosh etdi. Bu haqida Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.

Aytilishicha, 20 yanvar kuni soat taxminan 11:00 larda YHXB xodimlari tomonidan Kinologiya xizmat iti ishtirokida o`tkazilgan tadbir davomida Bektemir tumanida joylashgan «Sharq» YPX maskanida 1990 yilda tug`ilgan Djuraev Zufarali Abduganievich boshqaruvidagi Malibu avtomashinasi to`xtatib tekshirilganda, uning salonidan 1,37 gramm marixuana topilgan.

Holat JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o`tkazish maqsadini ko`zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1