1

Farg`onalik yigit o`z onasi va opasini belkurak bilan kaltakladi

Jinoyat 26.01.2018, 06:16
Farg`onalik yigit o`z onasi va opasini belkurak bilan kaltakladi

22 yanvar soat 21:45 larda Farg`ona viloyatining Beshariq tumani Qum mahalla fuqarolar yig`ini Karmak qishlog`ida yashovchi, 1997 yilda tug`ilgan J.Y. o`z yaqinlarini ayab o`tirmadi.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasidan xabar berishlaricha, u o`z uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashovchi onasi, 1964 yilda tug`ilgan M.Ch. va opasi, 1986 yilda tug`ilgan D.Ch.ni belkurak bilan urib, jarohat etkazgan.

Oqibatda jabrlanuvchilar shifoxonaga yotqizilganlar. J.Y. esa qo`lga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1