AsosiyJamiyat

“O`zbekkino” ko`p qismli “Matizning sarguzashtlari” multfilmini suratga oladi

'“O`zbekkino” ko`p qismli “Matizning sarguzashtlari” multfilmini suratga oladi'ning rasmi

«O`zbekkino» Milliy agentligi badiiy kengashi tomonidan muallif Ismoil Shomurodovning «Matizning sarguzashtlari» nomli ko`p qismli multfilm ssenariysi ma`qullandi, deb xabar berdi agentlik axborot xizmati.

Animasion filmning qahramonlari - O`zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillar bo`lib, unda bosh qahramon - kichkintoy «Matiz» bilan bog`liq qiziqarli sarguzashtlar hikoya qilinadi. Filmni yaratishga Abdulatif Haydarov boshchiligidagi animatorlar guruhi hamda rassom Zilola Hamidova jalb qilingan.

Hozirda multfilmning dastlabki 6 qismi bo`yicha ishlar boshlab yuborildi. Yil so`ngiga qadar yangi multfilm bolajonlar e`tiboriga havola etish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar