AsosiyDunyo

Rossiya va Afg‘oniston migratsiya bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilmoqda

Rossiya Afg‘onistondan mehnat migrantlarini jalb etishga qiziqmoqda.

'Rossiya va Afg‘oniston migratsiya bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilmoqda'ning rasmi

Afg'oniston Rossiyaga mehnat migrantlarini yuborish imkoniyatlarini o'rganmoqda, Moskva tomonidan ham ushbu yo'nalishda hamkorlikka qiziqish bildirilmoqda. Bu haqda Afg'oniston muvaqqat hukumati Savdo va sanoat vaziri Nuriddin Azizi ma'lum qildi.

Vazirning so'zlariga ko'ra, ikki davlat o'rtasida migratsiya sohasida hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha muhokamalar davom etmoqda. Uning ta'kidlashicha, Rossiya tomonidan Afg'onistondan mehnat migrantlarini jalb etishga qiziqish mavjud.

Azizining qayd etishicha, hozirda asosiy masalalardan biri til bilan bog'liq to'siq bo'lib turibdi. Shu bilan birga, ushbu muammoni hal etish uchun amaliy ishlar boshlangan.

“Mavjud bo'lgan yagona to'siq — til masalasi. Biz bu yo'nalishda ishlayapmiz va uni bartaraf etishga harakat qilamiz,” dedi vazir.

Ma'lumotlarga ko'ra, tomonlar o'rtasida qo'shma komissiya tuzilgan bo'lib, migratsiya sohasida huquqiy va tashkiliy mexanizmlarni ishlab chiqish ustida ish olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar