Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G`ishtko`prik” chegara-bojxona komlpeksida fuqaro N.Ismailova 1800-1956 yillar oralig`ida zarb qilingan 886 dona tanga, 244 dona qadimiy, 1 ming 140 dona mis va 1 dona arab tilida zarb qilingan kumush tangalarni qo`shni davlatga olib o`tayotganda qo`lga olindi.

Davlat bojxona qo`mitasining rasmiy veb-saytida keltirilishicha, bundan tashqari, N.Ismoilova sobiq Ittifoq davriga oid 5 turdagi 69 dona orden va medallarni hamda 3 dona mukofotni tasdiqlovchi guvohnomalarni ham olib chiqishga uringan. 
Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra ularning taxminiy qiymati salkam 17,5 million so`mni tashkil qilmoqda.






