AsosiyDunyo

Dunyoning eng bo`ydor erkagi bilan eng past bo`yli ayoli Misrda uchrashdi

'Dunyoning eng bo`ydor erkagi bilan eng past bo`yli ayoli Misrda uchrashdi'ning rasmi

Ginnes rekordlari kitobiga kirgan turkiyalik 35 yoshli fermer Sulton Kesen sayyoramizning eng bo`ydor erkagi hisoblanadi, deb yozdi RIA Novosti nashri.

Uning uzunligi 2 metru 51 santimetr. Eng pakana ayol Joti Amji esa Hindistondan kelgan. Jotining uzunligi bor-yo`g`i 62 santimetrdir.Turizm masalalari bo`yicha Misr kengashi taklifiga binoan ular bu erga kelishdi.

Misrga sayyohlarni jalb etish maqsadida uyushtirilgan fotosessiyada Kesen va Amji qatnashib, ajoyib kadrlarni tuhfa qildi.

Kesenning bo`ydorligi undagi gipofiz o`simtasi bilan bilan bog`liq. 24 yoshli Amji esa pakanalikni keltirib chiqaruvchi irsiy kasallik bilan og`rigan. U kinolarda suratga tushgan, realiti shoularda ham qatnashib turadi.

Boshqa yangiliklar