AsosiyDunyo

Qamoqxonadan qochgan mahbus egulik sotib olib, ortiga qaytdi

'Qamoqxonadan qochgan mahbus egulik sotib olib, ortiga qaytdi'ning rasmi

Texas shtatidagi Bomont federal qamoqxonasi mahbusi bo`lgan qochoqni qo`lida egulik solingan qog`oz idish bilan qo`lga tushirishdi, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.

Bu haqda AQShning Jefferson okrugi sherifi "Facebook"dagi sahifasida izoh qoldirdi.

Polisiyachilar qamoqxonadan bir nechta mahbus qochgani, ular qo`shni ranchoda to`xtagan begona yukmashinadan kontrabanda mahsulotlari xarid qilib, yana ortga qaytgani haqida xabar oladi.

Shundan so`ng qamoqxona xizmatchilari videokuzatuvni kuchaytirdi.

Polisiya qo`ygan tuzoqqa dallaslik Joshua Xansen tushib qoldi. 25 yoshli mahbus giyohvand moddalar oldi-berdisi bilan shug`ullangani uchun ozodlikdan mahrum etilgan edi. Qochoq Joshuani polisiyachilar qayta hibsga olib, kamerasiga jo`natishdi.

Qochoq mahbuslar ishi yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar