AsosiyJamiyat

Andijonda tug`ilgan to`rt egizakka ismlar qo`yilib, sovg`alar berildi

'Andijonda tug`ilgan to`rt egizakka ismlar qo`yilib, sovg`alar berildi'ning rasmi

Andijon viloyat Perinatal markazi bosh shifokori to`rt egiz farzandni dunyoga keltirgan onaning sog`ligi qoniqarli holatdaligi, chaqaloqlarning sutka davomida tajribali mutaxassislar nazoratida ekanligini bildirdi.

30 yanvar kuni Andijon viloyat adliya boshqarmasi va Oltinko`l tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo`limi egizaklarga Sultonboev Muhammadsodiq, Sultonboev Muhammadsolih, Sultonboev Muhammadishoq va Sultonboev Muhammadsafo ismlari bilan tug`ilganlik guvohnomasi va esdalik sovg`alar tantanali ravishda topshirildi, deb yozadi «Kun.uz».

Oltinko`l tuman hokimi Baxtimurod Karimov va tuman mutasaddilari chaqaloqlarning ota-onalariga eng kerakli bo`lgan anjomlar va uy-ro`zg`or buyumlarini sovg`a qildi.



    Boshqa yangiliklar