Shahrisabz shahrida davlat sherikligi asosida tashkil etilgan “Vunderkind” (Bilimdon bolalar) nomli xususiy maktabgacha ta`lim muassasasining har bir qavatidan kichkintoylarning intellektual, estetik va jismoniy salohiyatini o`stirish uchun unumli foydalanilgan, deb yozadi O`zA.
Ingliz tili va kompyuter bilimlarini chuqur o`rgatishga ixtisoslashgan mazkur nodavlat bog`chada maktabgacha ta`limda bola shaxsini rivojlantirishga qo`yiladigan davlat talablarining asosiy yo`nalishlari qamrab olingan.
















