29 yanvar soat 03:12 larda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida Hamjihat ko`chasi 12-uyda yashovchi, 1965 yilda tug`ilgan T. Sh.ning uyida yong`in sodir bo`lib, yong`in qo`shnisi, 14-uyda yashovchi, N.M.ning uyiga ham o`tgan. Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Yong`in oqibatida T.Sh.ning uy shifti va tom qismi, hamda qo`shnisi N.M.ning uyi tom qismi ham yonib zarar ko`rgan. Yong`in o`chirish vaqtida T.Sh.ning birga yashagan akasi, 1947 yilda tug`ilgan J.Sh.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.
Shuningdek, Farg`ona viloyatining Qo`qon shahrida 29 yanvar soat 22:06 da Bandieshon ko`chasi 177-uyda yashovchi, nafaqaxo`r, 1955 yilda tug`ilgan A.Sh.ning uyida yong`in sodir bo`lgan. Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan.
Yong`in oqibatida A.Sh. uyining ichki qismi yonib zarar ko`rgan xamda yong`in o`chirish vaqtida A.Sh.ning birga yashagan o`g`li, 1984 yilda tug`ilgan Z.Sh.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.






