Jizzax viloyatida bir yil ichida “Tez tibbiy yordam” shoxobchalari soni 19 tadan 45 taga etkazildi. Xarid qilingan “Hyundai”, “NISSAN”, “Damas-ambulans” rusumli 102 ta yangi avtomashina hisobiga chaqiruv manziliga kechikib borish holatlari 65 foiz kamayib, moliyalashtirish 2, dori vositalari bilan ta`minlash 3 baravar oshdi deb yozadi «Xalq so`zi» muxbiri.
Shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali xorijiy moliya institutlarining 3,4 million AQSh dollari miqdoridagi kredit va grant mablag`lari hisobiga zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlandi.
Shifokorlar faoliyati to`g`ri yo`lga qo`yilishi natijasida aholining tor doiradagi mutaxassislar xizmati uchun markazga qatnash darajasi 16-17 foiz kamayishiga erishilgan.






