AsosiyDunyo

Xitoylik haydovchi mashinada qasddan 19 kishini urib ketdi

Xitoyda haydovchining harakati oqibatida 6 kishi halok bo`ldi va 13 kishi jarohatlandi.

Fuszyan provinsiyasining Sikou shahrida haydovchi qasddan piyodalar va velisopedchilarni urib ketdi -deya ITAR-TASS axborot agentligi mahalliy matbuotga asoslanib xabar bermoqda. 

Dastlabki tergov natijalariga ko`ra, Lin familiyali shaxsning oiladagi muammolari tuyfali emosional holati ushbu harakatga sabab bo`lgan. U xotinining ajralish to`g`risidagi da`vosini ko`rib chiqilayotgan suddan kelayotgan bo`lgan. Lin katta tezlikni olib, piyodalar yo`lakchasiga chiqqan va odamlarni ketma-ket urib ketgan. U mashinasi yurolmaydigan holatga keguniga qadar 2 km masofani shu tariqa bosib o`tgan. 

Voqea joyiga etib kelgan polisiya xodimlari avvaliga jinoyatchini qo`lga olisha olmadi. U mashinadagi yoqilg`ini yoqib yuborishi bilan tahdid qildi. Ammo, polisiya xodimlari uni qo`lga olishni uddalashdi. Qolgan ma`lumotlar berilmagan. 

    Boshqa yangiliklar