AsosiyJamiyat

Alisher Navoiy ijodiy merosiga bag`ishlangan xalqaro konferensiya o`tkazildi

'Alisher Navoiy ijodiy merosiga bag`ishlangan xalqaro konferensiya o`tkazildi'ning rasmi

Navoiy viloyatida «Alisher Navoiy ijodiy merosining umumbashariyat ma`naviy-ma`rifiy taraqqiyotidagi o`rni» mavzusida II-an`anaviy xalqaro ilmiy konferensiya o`tkazildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Navoiy shahridagi Yoshlar markazida tashkil etilgan anjumanda Ozarbayjon, Turkiya, Qozog`iston, Turkmaniston, Afg`oniston, Eron, Tojikiston, Mo`g`uliston kabi davlatlardan 20 dan ortiq taniqli navoiyshunos olim, 200 ga yaqin o`zbekistonlik professor va akademik, ijodkor ziyoli, yosh olim va talaba ishtirok etdi.

Anjuman davomida navoiyshunoslar sho`’balarga bo`linib, Navoiy ijodini o`rganishda erishilgan yutuqlar va echimini kutayotgan masalalar xususida fikr almashdi. Buyuk mutafakkir asarlarini dunyo tillariga tarjima qilish, o`quvchilarga tushunarli, ravon tilda bayon etish xususidagi izlanishlar samarasi tahlil etildi.

Konferensiya doirasida Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga oid ko`rgazma tashkil qilinib, «Farhod» madaniyat saroyida taniqli aktyor va san`atkorlar tomonidan sahna ko`rinishlari namoyish etildi, shoir g`azallari bilan aytiladigan qo`shiqlar yangradi.


    Boshqa yangiliklar