Buxoroda texnik nazoratdan o`tkazmasdan, o`zboshimchalik bilan nosoz gaz uskunasidan foydalangan kirakashning avtomashinasi portlab ketdi.
Buxoro shahrida yashovchi S.Sh ismli fuqaro “Neksiya” rusumli avtomashinasida kirakashlik bilan shug`ullanib, avtomashinani o`z vaqtida texnik ko`rikdan o`tkazmasdan, unga o`rnatilgan gaz ballon uskunalarini sozligini tekshirmasdan o`zboshimchalik bilan boshqarib yurganligi natijasida avtoulovidan ajralib qoldi.
Avtomashinasiga yuqori bosimli siqilgan gaz to`ldirib uyiga kirgan vaqtida texnik ko`rikdan o`tkazilmagan gaz ballon portlashi oqibatida “Neksiya” rusumli avtomashina jiddiy shikastlangan.
Hodisa oqibatida haydovchining qo`shnisiga tegishli bo`lgan “Spark” avtomashinasi ham shikastlangan. Jabrlangan yoki jarohat olgan fuqarolar yo`q.








