AsosiyDunyo

Xitoyda odamlarni er yutdi ( Video)

'Xitoyda odamlarni er yutdi ( Video) 'ning rasmi

Xitoyning Guandun provinsiyasidagi Foshan shahri markazidagi katta yo`l o`pirilib, odamlarni yutib yubordi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Xabar qilinishicha, 7 fevral kuni kechqurun sakkiz chiziqli yo`l o`pirilgan. Ichida suv bo`lgan o`pirilgan joyga tushib ketgan 8 odam halok bo`lgan, to`qqiz kishi qutqarib qolingan, uch kishi esa bedarak yo`qolgan. Chuqurlik etti metrni tashkil etib, uning kengligi ikki basketbol maydoniga teng.

Dastlabki taxminlarga ko`ra, yo`lning o`pirilishiga teshik quvurlardan oqqan suv sabab bo`lgan. Suv avvaliga yo`l yonida qurilayotgan metro konstruksiyasini ishdan chiqargan, keyin esa o`pirilish hosil bo`lgan. Hozirda voqeaga oydinlik kiritilmoqda. Hodisa yuz bergan joyda shoshilinch xizmat xodimlari ish olib bormoqda.

Boshqa yangiliklar