Pensiyaga chiqqunga qadar temiryo`lda ishlagan 58 yoshli Kris Arseno temiryo`l yonidan bir qancha kasal mushuklarni topib olgach, hayotini mushuklarga baxshida etdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Hodisa uning o`g`li vafot etganidan so`ng sodir bo`ldi.
Keyingi yillarda sobiq temir yo`l xodimi mahalliy xayriya tashkiloti va jonivorlarga boshpana ajratuvchi tashkilotlar bilan bog`lanib, 300 tagacha mushuklarni qabul qildi. «Mushuklarning ko`pchiligi tashlab ketilgan yoki egasiz bo`lgan. Shu bois, ular o`zlarini xavfsiz his etishlari uchun joy bilan ta`minlash kerak edi», deydi Kris Arseno.
Mana 12 yildan buyon hayotini kosani suvga to`ldirish, mushuklariga qovurilgan tovuqlar berish bilan o`tkazadi. «Baxtli mushuklar» uchun mablag` Aseno va xayriya tashkilotlari tomonidan ajratiladi. Bir yilda boshpana ta`minoti taxminan 101 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Shu jumladan, hayvonlar uchun 80 ming dollar va veterinariya shifokorlari uchun 21 ming dollar ajratiladi.






