Qirg`iziston Ichki ishlar vazirligi xodimlari «Hizb ut-Tahrir» diniy-ekstremistik tashkilotining to`rt nafar tarafdorini qo`lga olishdi. Bu haqda payshanba, 8 fevral kuni mahkama matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, taqiqlangan tashkilotning faol a`zolari Qirg`iziston janubidagi Jalolobod viloyatida qo`lga olingan. Respublika IIV ma`lumotlariga ko`ra, ulardan eng yoshi kichigi 39da, eng kattasi esa – 55 yoshda bo`lgan.
Ushbu shaxslarning yashash joylarida o`tkazilgan tintuvlar davomida «Hizb ut-Tahrir» ekstremistik oqimiga oid adabiyotlar topildi va olib qo`yildi.






