AsosiyJinoyat

O`z farzandi qotiliga aylangan ayol qo`lga olindi

'O`z farzandi qotiliga aylangan ayol qo`lga olindi'ning rasmi

Farg`ona viloyatida o`z farzandi qotiliga aylangan ayol qilmishi fosh etildi.

Ma`lum bo`lishicha, shu yil 1 fevral soat 15.00larda Buvayda tumanidagi mahallalarning birida yashovchi, uy bekasi, 1981 yilda tug`ilgan Z.R. o`z uyi hojatxonasida ko`zi yoriydi. U endigina tug`ilgan o`g`lini parvarish qilmay qasddan o`ldirish maqsadida, o`zining kiyimi bilan chaqaloqning butun tanasi va yuz qismini o`rab, harorati sovuq bo`lgan xonaga yashirib qo`yishi natijasida chaqaloq vafot etgan.

Z. R. uyida jasadni 3 kun hech kimga bildirmay saqlab kelganligi aniqlangan. Natijada u qo`lga olingan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar