AsosiyDunyo

Haydovchi yo`lda sirg`anib yiqilgan himoyasiz ayolni ataylab bosib ketdi (Video)

'Haydovchi yo`lda sirg`anib yiqilgan himoyasiz ayolni ataylab bosib ketdi (Video)'ning rasmi

Rossiyaning Yaroslavl shahrida Lada Granta rusumli avtomobil haydovchisi muzli yo`lga sirg`anib yiqilgan ayolning o`rnidan turishini kutmay, uni ataylab bosib ketdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Mazkur video foydalanuvchi Evgeniy Javoronkov tomonidan Facebook ijtimoiy tarmog`iga joylashtirildi.

Videorolikda yo`lni kesib o`tayotgan ayolning sirg`anib yiqilganligini, o`rnidan turishga harakat qilayotganda Lada Granta rusumli avtomobil haydovchisi uni ataylab bosib ketganligini ko`rish mumkin. Videoyozuvdan ayol kuchli zarba olganligi ko`rinib turibdi.

Voqeaga guvoh bo`lganlar ham ayolga yordam berishga shoshilmagan. Svetoforda to`xtagan avtomobillar ham uni aylanib o`tib ketgan.

Videorolik muallifining ma`lumot berishicha, mazkur YTHda 45 yoshli ayol jabrlangan. Viloyat yo`l harakati xizmati voqea guvohlarini va ayolni bosib ketgan haydovchini qidirmoqda.

Boshqa yangiliklar