AsosiyDunyo

Apple asoschisi Stiv Jobsning qizi qanday yashaydi?

'Apple asoschisi Stiv Jobsning qizi qanday yashaydi?'ning rasmi

19 yashar Eva Jobs – Applening asoschisi Stiv Jobsning kenja qizidir. Eva dunyoning eng yaxshi o`quv muassasalaridan biri – Stenford universitetida ta`lim oladi. Bu haqda Tengrinews.kz nashri ma`lum qilmoqda.

Eva Jobs ot sporti bilan shug`ullanadi. Eva Vellingtondagi (Florida shtati) ranchoda bo`lib o`tadigan musobaqalarga tayyorgarlik ko`rmoqda. 2016 yili marhum Stiv Jobsning rafiqasi, Evaning onasi Loreyn Pauell Jobsga 15 million AQSh dollari miqdorida ko`chmas mulk meros qoldi.

Stiv Jobsning qizi otasining shuhrati soyasida qolib ketmadi. 2017 yilning martida u “oy chavandozi” bo`ldi. Eva butun dunyo bo`ylab ot sporti musobaqalarida qatnashib kelmoqda. Ot sportida uning asosiy raqiblari Microsoft asoschisi Bill Geyts, qo`shiqchi Bryus Springstin va rejissyor Stiven Spilbergning qizlaridir. Forbes ma`lumotlariga ko`ra, Evaning boyligi 20,1 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.


    Boshqa yangiliklar