Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida o`tkazilayotgan XXIII qishki Olimpiya o`yinlarining erkaklar o`rtasidagi konkida 5000 metr masofaga yugurish bahslarida gollandiyalik Sven Kramer oltin medalni qo`lga kiritdi.
Sven mazkur masofani 6 daqiqa 09,76 soniyada bosib o`tdi va faoliyati davomidagi to`rtinchi Olimpiya o`yinlarining oltin medalini qo`lga kiritdi.
Musobaqada kanadalik Ted-Yan Blumen kumush, norvegiyalik Sverre Lunde Pedersen esa bronza medalga sazovor bo`ldi.






