AsosiyJamiyat

Samarqandda gaz chaqnashi oqibatida insonlar qurbon bo`lgan

'Samarqandda gaz chaqnashi oqibatida insonlar qurbon bo`lgan'ning rasmi

Bugun, 11 fevral kuni Samarqand viloyatidagi xususiy uylardan birida yuz bergan gaz chaqnashi oqibatida insonlar qurbon bo`lgan. Bu haqda O`zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

"O`n birinchi fevral kuni soat ertalab 05:40 da Samarqand viloyatining Pastdarg`om tumanidagi uylardan birida havo va gaz aralashmasining portlashi oqibatida uyning ikkinchi qavati tom qismi qulagan. Qurbon bo`lganlar va jabrlanganlar bor", deyiladi FVV xabarida.

Portlashga gazdan foydalanish qoidalarining qo`pol ravishda buzilishi sabab bo`lgan.

Voqea joyida viloyat hokimligi rahbarligida, ichki ishlar boshqarmasi, favqulodda holatlar boshqarmasi va viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi bilan birgalikda favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha chora-tadbirlar ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar