Rossiyada An-148 samolyoti halokatga uchragan hududdan hozirga qadar 209 dona tana fragmentlari aniqlandi, deb xabar qildi "RIA Novosti"ga favqulodda hodisa joyida ishlayotgan tezkor shtab vakillaridan biri.
Eslatib o`tamiz, Moskva — Orsk yo`nalishini bajarayotgan "Saratov avialiniyalari" samolyoti bo`lgan An-148 yakshanba kuni Domodedovadan havo ko`tarilganidan so`ng bir necha daqiqa o`tgan halokatga uchragan. Samolet bortida 65 nafar yo`lovchi va olti nafar ekipaj a`zolari bo`lishgan. Ularning barchasi halok bo`lishgan.
Aviakompaniya samolyot uchish oldidan reja asosdagi tekshiruvdan o`tganligini va soz bo`lganini ma`lum qildi.
Tashuvchi hozirda barcha — olti dona An-148 samolyotlari ekspluatasiyadan olgan va tergov bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.
Saratov, Orenburg va Leningrad viloyatlari rahbarlari halok bo`lganlarning oilasiga 1 million rubldan mablag` ajratishlari aytilmoqda. Moskva meri Sergey Sobyanin poytaxt hukumati ushbu fojiada yaqinlari halok bo`lgan moskvaliklar yaqinlariga yordam berishlari haqida ma`lum qilgan.
Samolyot halok bo`lgan hududdan ikkita qora quti qoniqarli holatda topilgan. Hodisa joyida yana bir necha kun tergov organi xodimlari va ekspertlar ishlashi aytilmoqda.






