AsosiyDunyo

"O`zbekiston havo yo`llari" samolyoti Samara aeroportida shoshilinch qo`nishga majbur bo`ldi

'"O`zbekiston havo yo`llari" samolyoti Samara aeroportida shoshilinch qo`nishga majbur bo`ldi'ning rasmi

Bir nafar yo`lovchining sog`lig`i yomonlashganligi tufayli samolyot Samara aeroportida shoshilinch qo`ndi.

12 fevral kuni Urgenchdan Sankt-Peterburg shahriga yo`l olgan "O`zbekiston havo yo`llari" MAKga qarashli samolyoti Samara aeroportida shoshilinch qo`nishga majbur bo`ldi, deb xabar qildi RIA Novosti milliy avikompaniya matbuot xizmatiga tayangan holda.


"HY 637 reys bo`yicha Urgenchdan Sankt-Peterburg shahriga mahalliy vaqt soat 11:34da uchgan A-320 samolyoti Samara aeroportida shoshilinch qo`nishga majbur bo`ldi. Bir nafar yo`lovchining yuragi bezovta qilib, mazasi qochib qoldi", — dedi aviakompaniya vakili.

Matbuot xizmati ta`kidlashicha, yo`lovchiga birinchi tibbiy yordam ko`rsatildi. Yo`lovchining xavfsizligi uchun uni Samara shahrida qoldirish to`g`risida qaror qilindi.

Samolyot 143 nafar yo`lovchi bilan mahalliy vaqt soat 14:48da Sankt-Peterburgga uchib ketdi, deb qo`shimcha qildi aviakompaniya vakili.




    Boshqa yangiliklar