Amerikaning Texas shtatida yashovchi fuqaroga uch nafar farzandi ko`z o`ngida rafiqasini o`ldirish aybi e`lon qilindi, deb xabar berdi Fox6 TV.
Mahalliy polisiyaning rasmiy vakili Jodi Silvaning so`zlariga qaraganda, Daniel Martines va uning qonuniy rafiqasi Klaudiya Arriaga qattiq tortishib qolgan va janjal ko`tarilgan. Erkak jahl ustida farzandlarining ko`z o`ngida to`pponchasini chiqarib, rafiqasini otib tashlagan.
Ayol voqea joyida halok bo`lgan. Mojaroga nima sabab bo`lganligi va ularning farzandlari necha yoshda ekanligiga aniqlik kiritilmagan.






