AsosiyDunyo

Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti lavozimidan chetlashtirildi

'Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti lavozimidan chetlashtirildi'ning rasmi

Janubiy Afrika Respublikasi Prezident Yaqub Zuma o`z lavozimini muddatidan avval tark etish haqidagi taklifni rad etgach, hukmron partiya – Afrika Milliy Kongressi uni iste`foga jo`natishga qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda Ria novosti Times Live nashriga tayanib.

Afrika Milliy Kongressi ijroiya qo`mitasi dushanba kungi yig`ilishda Prezident Yaqubning davlat rahbari sifatidagi faoliyatini muhokama qilingan. SABC teleradiokompaniyasining ma`lum qilishicha, partiya Yaqub Zumaga o`z ixtiyori bilan iste`foga ketishi uchun 48 soat muhlat bergan. Taklif rad etilgach, hukmron partiya Yaqub Zumani lavozimidan ozod etish haqida qaror qabul qilgan.

So`nggi vaqtlarda hukmron partiya mamlakat etakchisining davlat mablag`larini samarasiz sarflagani foni ostida muxolifat bosimi ostida qolib kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar