1

At-Termiziy haqidagi filmga aktyor va aktrisalar sinovdan o`tkazilmoqda

Madaniyat 14.02.2018, 17:24
At-Termiziy haqidagi filmga aktyor va aktrisalar sinovdan o`tkazilmoqda

«O`zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan Imom Iso at-Termiziy haqida hikoya qiluvchi film suratga olinadi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar beradi.

Xabarga ko`ra, film ssenariysi At-Termiziyning hayoti, faoliyati bilan bog`liq voqealar va uning ustozi Imom Al-Buxoriy bilan o`tkazgan mashg`ulotlari haqidagi hikoyalar asosida yozilgan. Loyihani amalga oshirishda Shayx Abdulaziz Mansur ham o`zining qimmatli maslaxatlari va ko`rsatmalari bilan ishtirok etmoqda.

Hozirda mazkur filmni suratga olishga qizg`in hozirlik ko`rilmoqda. Film rejissyori Abduxalil Mingnorov.

Rejissyor film uchun aktyor va aktrisalar guruhini sinovdan o`tkazmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1