1

Giggz «Old Trafford» bilan hayrlashdi (VIDEO)

Sport 07.05.2014, 09:32
Giggz  «Old Trafford» bilan hayrlashdi (VIDEO)

Angliya Premer-ligasi qoldirilgan 34-tur doirasida «Manchester Yunayted» o`z maydonida «Xall» klubini qabul qildi.

Bu uchrashuv o`zgacha edi, yo`q, bu o`yin «qizil iblislar»ning «Old Trafford»dagi bu mavsumdagi so`nggi o`yin bo`lgani uchun emas, balki Giggz va Vidichdek bu klub tarixida o`chmas iz qoldirgan insonlarning mazkur stadionga «qizil libosdagi» so`nggi tashriflari bo`lgani uchun, deya yozadi Uff.uz.

Rayan bu uchrashuvda muxlislarga katta sovg`a tayyorladi va klub akademiyasining ikki yosh tarbiyalanuvchilariga imkon berdi. Uilson  va Lourens haqiqatdan juda omadli o`yin o`tkazishdi. 

31 va 61 daqiqalarda Uilson ikkita gol kiritib, Rud van Nisterloyning rekordini takrorladi, u o`z debyut uchrashuvida dubl muallifiga aylandi.

63 daqiqadagi Frayattning juda chiroyli goli bayramni biroz buzdi, ammo 70 daqiqada Giggz o`zini-o`zi Lourens o`rniga maydonga tushdi. 86 daqiqada aynan Rayan Giggzning uzatmasidan so`ng van Persi hisobni 3:1 ko`rinisha olib keldi.

Uchrashuvdan so`ng Giggz «Old Trafford» bilan o`yinchi sifatida hayrlashdi, kelasi mavsumdan u mazkur stadionga yana murabbiy yordamchisi bo`lib qaytishi extimoli katta. U ketar ekan, quyidagi so`zlarni aytib ketdi:

«Bizni qo`llab-quvvatlashda davom eting, biz hali g`alabali kunlarga qaytamiz, raxmat»

APL
34-tur

Manchester Yunayted – Xall 3:1 (1:0, 2:1)

Gollar: 1:0 – 31 Uilson, 2:0 – 61 Uilson, 2:1 – 63 Frayatt, 3:1 – 86 van Persi.

Bugun esa chempionlik uchun kurashayotgan "Manchester Siti" o`z maydonida "Aston Villa"ni qabul qiladi. Uchrashuv 23:45 da boshlanadi.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1