O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi rasmiy veb-saytida berilgan ma`lumotga ko`ra, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV YHXB hamda boshqarmaning Avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta`minlash yuzasidan nazorat shu`basi inspektorlari tomonidan qo`shma reyd o`tkazilmoqda. Bu haqda "Xalq so`zi" xabar bermoqda.
O`tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida inspektorlar tomonidan joriy yilning yanvar oyida 226 ta, fevral oyining o`tgan 10 kunligida 151, jami 377 ta avtomobillarda yuk va yo`lovchilar tashishda qonun hujjatlarida belgilangan talablarga zid ravishda faoliyat ko`rsatayotgan haydovchilarga nisbatan tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirilib, sud organlariga taqdim etildi.
Xususan, Chimboy tumanida o`tkazilgan sayyor sudda ushbu masalaga oid 11 ish ko`rib chiqilib, shundan 9 nafar haydovchiga nisbatan jarima belgilandi.
Bu kabi reyd tadbirlari, shuningdek, targ`ibot-tushuntirish ishlari davom ettirilmoqda.