FIFA prezidenti Janni Infantino janoblari transfer siyosatida va futbolning moliyaviy ishlarida inqilobiy ishlarni amalga oshirmoqchi.
28 fevral kuni FIFA ijro qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tadi va unda Janni Infantinoning 11 ta bo`limdan iborat murojaatlari ko`rib chiqiladi.
Aniqlik kiritilishicha, uning murojaatlari qishki transfer oynasini yo`q qilish va futbolchini ro`yxatdan o`tkazishni musobaqalar o`tkazilayotgan davrdan olib tashlashni nazarda tutadi.
Bundan tashqari klublardagi futbolchilar va ijarada o`ynayotgan futbolchilar sonini qisqartirish va optimallashtirish masalasi ham kun tartibiga kiritilgan. Amalga oshishi mumkin bo`lgan takliflardan yana biri, futbolchilar maoshining eng yuqori shkalasini belgilash va ularning agentlari xizmat xaqi foizlarini kamaytirishdan iborat.






