1

Meksikada kuchli zilzila ro`y berdi

Dunyo 17.02.2018, 10:50
Meksikada kuchli zilzila ro`y berdi

16 fevral kechki payt Meksikaning janubidagi Oaxaka shtatida kuchli zilzila yuz berdi. Ma`lumotlarga ko`ra, zilzila magnitudasi 7,2 ni tashkil qilgan, o`chog`i 12 km chuqurlikda bo`lgan, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.

“Soat 19.30gacha (Toshkent vaqti bilan soat 6.30) 122 ta aftershok qayd qilingan”, deb xabar bergan Milliy seysmologiya xizmati.

Shtat rahbariyati kuchli zilzila qurbonlarga olib kelmagani, biroq moddiy zarar etkazganini ma`lum qildi. Shuningdek, zilziladan keyin 122 ta aftershok qayd qilingan.

Kuchli zilzila Mexikoning minglab aholisini ko`chaga chiqishga majbur qilgan. Odamlar shaharning nisbatan xavfsiz hududlarida, iloji boricha inshootlardan uzoqroqda to`planib olishgan. Shaharda svetoforlar o`chib qolgan, elektr ta`minoti qisman uzilgan, katta tirbandliklar yuzaga kelgan. Odamlar uylariga qaytishga qo`rqmoqdalar.

Zilziladan keyin millionlab uylar chiroqsiz qoldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1