Samarqand viloyatining Pastdarg`om tumani xalq ta`limi faollari «Oltin kitob» mukofotini joriy etish bo`yicha tashabbus ko`rsatdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Hududlardagi izlanuvchan va ijodkor o`qituvchilarga e`tibor qaratish, ustozlarning ishini tuman va viloyat miqyosida ommalashtirish, uslubshunoslarni rag`batlantirish hamda ilg`or tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash maqsadida «Oltin kitob» mukofoti joriy etildi.
Pastdarg`omda kitobxonlikni keng targ`ib qilish maqsadidagi nominasiyaga yakunlangan yilda tumandagi 5-son umumta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchilari munosib deb topilib, mukofot bilan taqdirlandi.
— Izlanishlarimiz respublika miqyosida ommalashtirilishini xohlaymiz, — deydi tumandagi 62-maktab boshlang`ich ta`limi o`qituvchisi Zebiniso Musurmonova. —Ushbu mukofotga eng kitobxon murabbiy sazovor bo`ladi. «Oltin kitob» statuetkasi ochiq kitob shaklida ishlangan bo`lib, u mamlakat umumta`lim maktablari murabbiylari orasida ommalashtirilsa yaxshi bo`lardi.






