AsosiyJamiyat

21 fevral kuni O`zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

'21 fevral kuni O`zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti'ning rasmi

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21 fevral kuni poytaxtda havo o`zgarib turadi, kunning birinchi yarmida yomg`ir yog`adi. Kechasi 1-3, kunduzi 8-10 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, Xorazm viloyatida kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 8-10 darajagacha, kunduzi 2-4 darajagacha sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, cho`l hududlarida kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, kunning birinchi yarmida yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 1-6, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlari. Havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir,qor) bo`ladi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar