AsosiyJamiyat

TATUda o`qitishning kredit tizimi joriy etiladi

'TATUda o`qitishning kredit tizimi joriy etiladi'ning rasmi

AKT vazirligi hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, shu jumladan uning filiallarida 2018/2019 o`quv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo`yicha o`qitishning kredit tizimi joriy etiladi. Bu Prezidentining «Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmonida ko`zda tutilgan.

Hujjatga muvofiq, AKT vazirligi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda kredit tizimi bo`yicha o`qitish tartibini belgilaydigan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

    Boshqa yangiliklar