1

O`zbekiston fuqarosi ayolni yong`indan qutqarib qolgani uchun mukofot bilan taqdirlandi

Dunyo 20.02.2018, 17:29
O`zbekiston fuqarosi ayolni yong`indan qutqarib qolgani uchun mukofot bilan taqdirlandi

O`zbekiston fuqarosi Nuriddin Qirg`izov yong`inda ayolni qutqarib qolgani uchun medal bilan taqdirlandi, deb xabar bergan Pushkino munisipal tumani ma`muriyati rahbari o`rinbosari Feliks Petrosyan.

19 fevral kuni Pushkino munisipal tumani ma`muriyatida kukofotni topshirish marosimi bo`lib o`tdi. Qirg`izov sog`lig`i tufayli bu marosimda qatnasha olmadi. Medalni uning o`rniga O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsuli, birinchi kotibi Tohir Oripov oldi. Uning so`zlariga ko`ra, mukofot ayni damda O`zbekistonda reabilitasiyada bo`lgan Nuriddin Qirg`izovga yaqin vaqt ichida etkaziladi.

Eslatib o`tamiz, Samarqandlik Nuriddin Qirg`izov Moskva viloyatining Pushkin tumani Sofrino qishlog`i yaqinida yong`in ichida qolgan uyni ko`rib, uy ichidagi keksa ayolni qutqaraman deb, jarohatlanib, Pushkin shahridagi shifoxonaning reanimasion bo`limida sun`iy ventilyasiya (shamollatish) yordamida davolanayotgani haqida xabar bergan edik.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1