AsosiyDunyo

“Odambosh” baliq bilan 30 yildan beri do`st tutingan yapon

'“Odambosh” baliq bilan 30 yildan beri do`st tutingan yapon'ning rasmi

Yaponiyalik dayver 80-yillar oxirida “odambosh” gubanni (baliq turi) ochlikdan qutqarib qolgan edi. Shundan beri xaloskor baliqni tez-tez holidan xabar olib turadi. Bu haqda Humanstory.ru nashri yozmoqda.

Tokiolik qariya Xiroyuki Arakava suvosti ibodatxonasida yashovchi Yoriko ismli ulkan baliq bilan 30 yildan buyon do`stlashib keladi. Ushbu tur baliqlarning kallasi baliqnikidan ko`ra ko`proq odam boshiga o`xshab ketadi.

O`tgan asrning 80-yillarida g`avvos baliqni ochlikdan saqlab qoladi. G`avvos baliq garpun bilan yaralanganini ko`radi va har kuni baliq yoniga suzib kelib, uni qisqichbaqa va baliqchalar bilan boqa boshlaydi.

Tez orada Yoriko tuzalib ketib, endi o`zi ov qilishga o`tadi. Ammo xaloskorini sira unutmaydi. O`shandan beri odam va baliq do`stlashib keladi.


Boshqa yangiliklar