1

Tramp AQSh prezidentlari reytingida oxirgi o`rinni egalladi

Dunyo 20.02.2018, 20:47
Tramp AQSh prezidentlari reytingida oxirgi o`rinni egalladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Amerika prezidentlari reytingida eng oxirgi o`rinda turibdi, lekin vaziyatni o`nglash uchun uning uch yil vaqti bor, deya xabar bermoqda News.tut.by nashri.

Ushbu reyting yuzasidan politologlar Brendon Rottingxauz va Jastin Von “The New York Times” gazetasida e`lon qilgan maqolalarida ma`lum etishdi.

Tadqiqotda Amerika politologlar assosiasiyasining 320 nafar a`zosi ishtirok etgan. Reyting bo`yicha Tramp 100 balldan 12 ball to`plagan.

Reytingda ilk beshlikni Avraam Linkoln (95 ball), Jorj Vashington (93), Franklin Ruzvelt (89), Teodor Ruzvelt (81) va Tomas Djefferson (80) egallagan.

Barak Obama esa sakkizinchi o`rinda (71 ball), kichik Jorj Bush 30-o`rinda (40), Bill Klinton – 13-o`rindadir (64).

Avraam Linkoln – AQSh prezidentlari reytingida 1-o`rinni egallagan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1