Shotlandiyalik fermer Mayri Makkinzi jurnalistlarga fermasida mitti va nozik qo`zichoq tug`ilganidan so`ng jonivorning yashab ketishiga ishonmaganini aytdi, deya yozmoqda Humanstory.ru nashri.
Ammo fermerning to`rt iti qo`zichoqni o`z bag`riga oladi. Endi itlar oilasida katta bo`lgan Pet laqabli qo`zichoq ayni kuchga to`lgan payti. Pet o`zini it deb hisoblaydi, hatto itlardan birini onasi deb biladi. Pet ularning tarbiyasini olgani ko`rinib turibdi: kuchuklardek irg`ishlaydi, dumini likillatadi.






