Aftidan, quyon janoblari qish ayozidan zerikkan, shekilli, sovuq faslni odamlar orasida o`tkazishni afzal ko`rdi, deya yozmoqda Humanstory.ru nashri.
Chelyabinskdagi “Uralskaya molniya” muz arenasi qorovullari erta tongda eshik tagiga kelib qolgan quyonni ko`rib qolishadi. Arena xodimasi quyonga biron kor-hol bo`lmadimikin, deya tashqariga chiqqanda quyon joyidan jilmay turaveradi. Xodima “chaqirilmagan mehmon”ni silab ko`radi. Keyin esa quyonvoyni ko`tarib issiqqina binoga olib kiradi.
Xo`sh, qishni issiq binoda o`tkazishga qaror qilgan “g`ilayko`z” bahorda o`rmonga qaytib kirib ketarmikin?