Joriy yilning 20 fevral kuni soat taxminan 15:50da navoiy viloyati FVB “1050” tezkor raqamiga Karmana tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Yaxshieva murojaat qilib, 2007 yilda tug`ilgan qizi uyining yaqinidagi qazilgan chuqurga tushib ketganligi yuzasidan yordam so`rab murojaat qiladi.
Qutqaruv otryadi voqea joyiga zudlik bilan etib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida fuqaro N.Boboqulovani o`radan chiqarib olishdi va birinchi yordamni ko`rsatishdi.
Hozirgi vaqtda qizchaning sog`ligiga zarar etmagan.
Qizchaning ota-onasi farzandining qutqarib qolinishida qutqaruvchilarning tezkor sa`yi-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdilar.







