1

Denovda o`ta xavfli jinoyatchi ushlandi

Jinoyat 22.02.2018, 12:58
Denovda o`ta xavfli jinoyatchi ushlandi

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Guliston mahallasida yashovchi O`tmas Mansurov (ism-shariflar o`zgartirilgan) ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qo`lga olindi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

19 yoshida ishlash uchun xorijga chiqib ketgan bu kimsa yurtimizga qaytib kelgach, yurish-turishiyu, xatti-harakati, o`zini “dono” va gapga “chechan” qilib ko`rsatishi ko`pchilikni ajablantirayotgan edi.

Tergovga qadar olib borilgan surishtiruv ishlari chog`ida uning 2014 yil kuz faslida Moskva shahriga ishlash uchun ketib, yollanma ishchi sifatida mehnat qilgani va hozirda qidiruvda bo`lgan akasi Safar Salomovning da`vati ta`sirida faoliyati ta`qiqlangan “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimga a`zo bo`lgani aniqlangan.

Shundan so`ng, O`tmas oqim g`oyalarini qo`llab-quvvatlab, Rossiya Federasiyasidan Turkiya davlatiga chiqib ketgan. Suriyada xalqaro terroristik tashkilot safiga borib qo`shilgan. O`sha erda harbiy tayyorgarlikdan o`tib, ta`qiqlangan tashkilot faoliyatini kengaytirish, kelgusida “jihod” qilish yo`li bilan O`zbekiston Respublikasining amaldagi konstitusiyaviy tuzumiga qarshi faoliyat yuritgan.

Ayni paytda 23 yoshli O`tmas Mansurovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1