1

Samarqandda Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali o`rnatiladi

Jamiyat 23.02.2018, 11:20
Samarqandda Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali o`rnatiladi

22 fevral kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog`i hududida ba`zi inshootlar buzilayotgani, texnikalar ishlayotgani haqida xabarlar paydo bo`ldi.

Bu gaplar qanchalik asosli, aslida, bog` hududida qanday qurilish ishlari amalga oshirilmoqda? Savollarimizga javob topish maqsadida bog` tomon yo`l oldik, deb yozadi O`zA.

18.JPG

Manzilga borib ko`rdikki, tarqatilgan xabarlarda jon bor. Istirohat bog`ining Amir Temur va Abdurahmon Jomiy ko`chalari chorrahasidan kirish qismida o`rnatilgan temir panjara olib tashlangan, ayrim attraksionlar bog`ning boshqa hududiga ko`chirilmoqda. Bir nechta qudratli texnika er tekislamoqda.

Bu qanday taraddud ekanini Samarqand shahar hokimi o`rinbosari B.Elmurodovdan so`raganimizda, u kishi quyidagicha izoh berdi:

1.JPG

– Bu erda o`zbek va tojik adabiyotining buyuk namoyondalari – Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyning haykali o`rnatilib, atrofi obod etiladi. Yaxshi bilasiz, ushbu ikki ulug` mutafakkir haykali ilgari Samarqand shahridagi “Afrosiyob” mehmonxonasi yonida, ko`rimsiz joyda edi. Keyinchalik haykal u erdan ko`chirildi. Shahar jamoatchiligi, ziyolilar va ijodkorlarning taklifi bilan haykal uchun mana shu joy tanlandi. Bu maskan tanlanishi bejiz emas va bu to`g`ri tanlov. Chunki, haykal o`rnatiladigan maskan Abdurahmon Jomiy ko`chasi yonida ekani, Alisher Navoiy nomi bilan ataladigan istirohat bog`i hududida joylashishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, fors-tojik adabiyotining yana bir yirik vakili Abu Abdullo Rudakiy haykali o`rnatilgan maydon ham ushbu istirohat bog`iga tutashib ketgan. Demak, bu maskan kelgusida yaxlit majmua sifatida adabiyot bog`iga, o`zbek va tojik xalqlarining do`stligi ramziga aylanadi.

10.JPG

Nihoyatda qisqa fursatda amalga oshirilishi belgilangan qurilish loyihasiga ko`ra, haykal o`rnatiladigan maydon bog`ning 30-35 sotix erini egallaydi. Haykal atrofida favvoralar, orqa tomonida bir necha ustunli arka bunyod etiladi. Maydon chetida gulxona va maysazorlar tashkil qilinadi. Bir necha xil noyob manzarali daraxt ko`chatlari o`tqazish rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1