1

Toshkent shahrida 24-25 fevral, 3-4, 10-11-mart kunlari “Ozodalik kuni” deb e`lon qilindi

Jamiyat 23.02.2018, 20:13
Toshkent shahrida 24-25 fevral, 3-4, 10-11-mart kunlari “Ozodalik kuni” deb e`lon qilindi

Navro`z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko`rish asnosida aholi turar joylarini obodonlashtirish, poytaxtning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida Toshkent shahar hokimi farmoyishga ko`ra joriy yilning fevral-mart oylarida obodonlashtirish, tozalik oyligi hamda 24-25 fevral, 3-4, 10-11-mart kunlari “Ozodalik kuni” deb e`lon qilindi.

Obodonlashtirish, tozalik oyligini hamda “Ozodalik kuni” hasharini o`tkazish bo`yicha ishchi guruhlari tuzilib, chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Farmoyishda Toshkent shahar xalq ta`limi, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi boshqarmasi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi bilan hamkorlikda shanba va yakshanba kunlari o`tkaziladigan “Ozodalik kuni”ni ko`p qavatli uylar atrofida targ`ib qiluvchi va yoshlarni chorlovchi shiorlar bilan ishtirok etishi ham ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1