AsosiyDunyo

Islomni qabul qilgan hind ayoli Oliy sudda o`z huquqlarini himoya qilmoqda

'Islomni qabul qilgan hind ayoli Oliy sudda o`z huquqlarini himoya qilmoqda'ning rasmi

26 yashar hindistonlik Hadiya o`zining islomni qabul qilganligi bois Oliy sudda o`z huquqlarini himoya qilishiga to`g`ri keldi. Bu haqda “muslim.uz” saytida xabar berildi.

O`tgan yili Hadiya (uning avvalgi ismi – Akxila Ashokan) ning otasi Kerala shtati sudiga murojaat qilib, “qizining erini musulmon bo`lganligi uchun o`z diniga kirishga majburlashda ayblab, shu bois bu nikohni bekor qilishni so`radi. Kerala shtati sudi Hadiyaning islom dinini o`qishdagi dugonalari bilan suhbatlardan keyin qabul qilishiga qaramay, uning eri bilan nikohini bekor qildi va uning boshqa dinga o`tganligini tan olishni rad etdi.

Keyinchalik Oliy sud quyi sudlarning qarorini bekor qilib, Hadiyaga ota-onasi e`tiroziga qaramay, o`z eri bilan birga yashashga ruxsat berdi.
Ammo Hindustan Times nashrining xabariga ko`ra, bu hafta tinimsiz polisiya kuzatuvi va ota-onalarining bosimi tufayli Hadiya yana sudga murojaat qilishga majbur bo`ldi.

«Shafin Jahon – mening erim, men bundan keyin ham suyukli turmush o`rtog`im bilan birga yashash niyatidaman, men o`z xohishimga ko`ra islomni qabul qildim va turmushga chiqdim. Men suddan iltijo qilib erimni menga vasiy qilib tayinlab berishlarini so`rayman, - dedi suddagi o`z chiqishida Hadiya. –Hattoki hozir ham polisiya kuzatuvi ostidaman. O`tinib so`rayman, mening erkimni to`liq o`z ixtiyorimga qaytarib beringlar”.

    Boshqa yangiliklar