AsosiySport

Jahon chempionati o`yinlariga noqonuniy chiptalar sotgan shaxs javobgarlikka tortiladi

'Jahon chempionati o`yinlariga noqonuniy chiptalar sotgan shaxs javobgarlikka tortiladi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasining Ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi kodeksiga birinchi marotaba vaqtinchalik modda qo`shildi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Vaqtinchalik modda 2018 yilda Rossiyada o`tkaziladigan futbol bo`yicha Jahon chempionati o`yinlariga noqonuniy chiptalar sotilishi bilan bog`liq bo`lib, fuqarolarga o`yinlarga kirish biletining 20 baravaridan 25 baravarigacha bo`lgan miqdorda, tashkilotlarga esa 1 mln. rubl miqdorida jarima solinishi va 3 oygacha faoliyatini ta`qiqlab qo`yish jazosi ko`zda tutilmoqda.

Ushbu vaqtinchalik moddaning amal qilishi Jahon chempionati yakuniga etishi bilan tugatiladi.

    Boshqa yangiliklar