1

Qozog`istonda avtobus qulashi oqibatida yana o`zbekistonlik fuqarolar jabrlandi

Dunyo 26.02.2018, 11:30
Qozog`istonda avtobus qulashi oqibatida yana o`zbekistonlik fuqarolar jabrlandi

Qozog`istonning Oqto`be viloyatida avtobus qulashi oqibatida O`zbekistonning etti nafar fuqarosi jabrlandi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Bu haqda Oqto`be viloyat ichki ishlar departamenining matbuot xizmati ma`lumot bergan.

Polisiya bergan xabarga ko`ra, Samara-Chimkent avtoyo`lida, asli Janubiy qozog`istonlik bo`lgan 35 yoshli haydovchi boshqarib ketayotgan Mercedes avtobusi yo`l chetidagi ariqqa tushib, ag`darilib ketgan.

YTH oqibatida avtobus yo`lovchilari bo`lgan etti nafar O`zbekiston fuqarolari turli darajadagi tan jarohatlari bilan Xromtau tuman markaziy kasalxonasiga yotqizilgan. Avtobus salonida 25 nafar yo`lovchi bo`lgan.

Mazkur fakt yuzasidan tergov ishlari boshlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1