22 fevral kuni Toshkent viloyati Bekobod tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.
O`tkazilgan tezkor tadbir davomida O`zbekobod mahallasida yashovchi 1983 yilda tug`ilgan X.Uning uyida o`zining jinoiy sheriklari, Yangihayot mahallasida yashovchi muqaddam sudlangan 1990 yilda tug`ilgan S.M va Yangihayot mahallasida yashovchi 1990 yilda tug`ilgan D.Tlar qalbaki pul yasash maqsadida rangli printer va kompyuter jamlanmasini sotib olib, ushbu printer yordamida kelgusida o`tkazish maqsadida, 50 000 so`mlik kupyuradan kseronusxa ko`chirish yo`li bilan jami bo`lib 117 dona – 5 850 000 so`m qalbaki pul mablag`larini yasab, shu qalbaki pullarni kelgusida o`tkazish uchun saqlab kelayotgani aniqlandi. Daliliy ashyolar sifatida printer va 5 500 000 so`m pullar olingan.
Tadbir davomida S.M 21 fevral kuni Bekobod tumani Yangihayot mahallasida joylashgan Sh.Tga tegishli do`kondan bir shisha vino xarid qilib, xarid qilingan mahsulot uchun bir dona 50 000 so`m qalbaki puldan foydalanganligi, bundan tashqari, shu kuni X.U O`zbekobod mahallasida yashovchi F.Xga ikki dona 50 000 so`m qalbaki pullarni qarz uchun berganligi va to`rt dona 50 000 so`m qalbaki pullarni D.T yoqib yuborganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Bekobod tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatbaho qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.